Choy, choy o’simligi nimani anglatishini bilasizmi

Choy, choy o’simligi nimani anglatishini bilasizmi – choydoshlar oilasiga mansub, doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxtcha. Yovvoyi holda sharqi-janubiy Osiyoda o’sadi. Dunyoga keng tarqalgan choy ichimligini tayyorlashda ishlatiladigan yosh novdachalar va burglar olish maqsadida maxsus ekiladi. Choy o’simligining ikki turi ma’lum: Xitoy choyi hamda hind choyi. Choyning bu har ikki turi ham biologik va morfologik belgilari jihatidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha tur, xillarga ega. Choy ko’p miqdorda Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Shri-Lanka, Indoneziya hamda Janubi-sharqiy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi. Choy – 14OC gacha sovuqqa bardosh bera oladi. Choy o’simligi asosan urug’dan ko’payadi. 3-4 yoshga yetganda uning 2-3 barglari va kurtaklari bo’lgan uchki novda va kurtakchalari (fleshlari) yig’ib olina boshlaydi. Choy gektaridan 10 tonnagacha hosil beradi. Navli ko’k barglarining 25% cha og’irligi miqdori tayyor choy olinadi.

Fikr bildirish