CHOYBALSAN

CHOYBALSAN (1921 yilgacha Sanbayse, 1941 yilgacha Bayantuman) — Mongoliyadagi shahar, Kerulen daryosi bo’yida. Sharqiy aymoqning ma’muriy markazi. Aholisi 38,5 ming kishi (1999). Avtomobil yo’llari chorrahasi, temir yo’l orqali Transsibir temir yo’li bilan bog’langan. Mamlakatning sanoat markazlaridan. Oziq-ovqat (jumladan, go’sht kombinati), jun yuvish, metallsozlik korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Avtomobil ta’mirlash zavodi, issiqlik elektr stansiyasi bor. Shahar yaqinidan toshko’mir, flyuorit qazib olinadi. Mongoliya siyosiy va davlat arbobi X.Choybalsan (1895-1952) nomi bilan atalgan.