CHOYXONA
CHOYXONA, samovar — choy ichib tamaddi qilinadigan, hordiq chiqariladigan jamoat joyi. Issiq iqdim va sharoit takrzosi bilan O’rta Osiyoda keng tarqalgan. O’troq xalqlarda qadimdan (arablar istilosidan ilgari ham) Choyxona kabi qishki va yozgi tamaddixonalar bo’lgani haqida ma’lumotlar bor. Choyxona rabotlar, bozor, guzarlar va mahallalardagi xushmanzara joylarga qurilgan, ularda choynondan tashqari turli qandqurs, meva qokilar sotilgan, taomlar ham tayyorlangan. Choyxonalar musofirlar, yo’lovchilar tunab qoladigan joy vazifasini ham bajargan. O’txonali suv qaynatish qurilmasi — rus samovarlari paydo bulishi bilan Choyxonalarda choy, albatta samovarda kaynab turgan suvdan damlangan (Choyxonaning «samovar» nomi shundan). 20-asrning 20-yillaridan boshlab sobiq sovet davlatida Choyxonalar «qizil burchaklar» tashkil qilingan targ’ibot-tashviqot, tashkiliy ishlar markaziga aylantirildi. 90-yillar boshidan qishloq markazlarida, korxonalarda, shahar mahallalari va oshxonalar huzurida ishlab turgan Choyxonalarda milliy urf-odatlarni tiklash masalalariga alohida e’tibor berildi. Choyxonalarni milliy uslublarda qurish, bezash va jihozlash, xizmat ko’rsatish, madaniy hordiq chiqarish shartsharoitlari yaratildi. Choyxonalar madaniyat va istirohat bog’larining zaruriy unsuriga aylanib, dam oluvchilarga xizmat ko’rsata boshladi. Toshkentdagi «Salom», «moviy gumbazlar», «Samarqand», «Farg’ona», «Otalar choyxonasi», Samarqand, Namangan, Qo’qon shahridagi namunali Choyxonalar binolari atrof muhit bilan uyg’unlashtirib qurilgan, ularning zamonaviy jihozlanishiga alohida ahamiyat berilgan. Sulton Xolnazarov.