CHU DASHTI
CHU DASHTI — Oltoy tog’ sistemasining Janubi sharqidagi dasht. Chu daryosining yuqori oqimida, 1750-2000 metr balandlikdagi tog’lar oralig’ida. G’arbdan sharqda 70 kilometr, shimoldan Janubga 40 kilometrga cho’zilgan. Yer yuzasi to’lqinsimon tekislik. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -31,7°. Eng past temperatura -53°. Yozi qisqa, salqin. Yog’in kam (102 millimetr). Qor qoplami juda yupqa (10 millimetr). Abadiy muzliklar tarqalgan. Kashtan tuproqlarda dasht va chalacho’l o’simliklari (shuvoq, betaga, izen va boshqalar) o’sadi. Chu daryosi qayirida o’tzorlar bor. Kemiruvchilardan: yumronqoziq, dala sichqonlari, quyon, bo’rsiq va boshqalar yashaydi. Chu Dashti orqali Rossiya Federatsiyasidan MXR ga Chu avtomobil yo’li o’tgan.