CHUKUROVA

CHUKUROVA, Kilikiya pasttekisligi — Turkiyaning shimoliy qismidagi pasttekislik, Tavr tog’lari bilan O’rta dengiz oralig’ida. Uzunligi 150 kilometr chamasida, kengligi 70 kilometrgacha. Jayhon va Sayhon daryolari oqizib keltirgan allyuviy jinslardan tuzilgan. Koratepa milliy bog’i tashkil etilgan. Mamlakatning muhim paxtachilik rayoni. Chukurovada Adana, Jayhon, Mersin shaharlari joylashgan.