CHUNTSIN

CHUNTSIN, Yuychen, Basyan Xitoyning Janubiy g’arbiy qismidagi shahar, Szyalintszyan daryosining Yantszi daryosiga quyilish erida. Sichuan provintsiyasida. Aholisi 3,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Aeroport bor, daryo porti. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, sanoat jihozlari, priborsozlik, kimyo, rezina, neftni qayta ishlash, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet va boshqa oliy o’quv yurtlari, 2 issiqlik elektr stansiyasi, GES kaskadi bor. Shaharga 3 ming yil avval asos solingan. 1937-46 yillarda Xitoyning vaqtinchalik poytaxti bo’lgan. Chuntsin yaqinidan toshko’mir qazib olinadi.