DADRA VA NAGARHAVELI

DADRA VA NAGARHAVELI – Hindistondagi ittifokdosh hudud. Arabiston dengizi sohilida. Maydoni 0,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 220,4 ming kishi (2001). Ma’muriy markazi — Silvasa shahri. Hindiston yarim orolining shimoliy g’arbiy qismida, Maharashtra va Gujarot Shtatlari oraligida joylashgan. Asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlari ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Silvasada palma tolasi ishlab chiqariladi. Me’moriy yodgorliklaridan Portugaliya mustamlakachilik davrida evropacha qurilgan binolarning ba’zilari saqlanib qolgan.