D’ALAMBER (D’ ALEMBERT) JAN LERON

D’ALAMBER (D’ ALEMBERT) JAN LERON (1717.16.11 – Parij – 1783.29.10) -frantsuz ma’rifatparvari, matematigi va faylasufi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1754). 1751-57 yillarda D’alamber Didro bilan birgalikda «Entsiklopediya»ni nashr qilgan. Matematika, gidrodinamika, astronomiya, fizika fanlarini rivojlantirishga hissa qo’shgan. Mexanikada dinamika masalalarini statika usullari bilan yechish uning nomi bilan ataladi. Bu printsipning mumkin bo’lgan siljishlar printsipi bilan mantiqiy birlashishi — D’Alamber — Langranj printsipini tashkil etadi. Moddiy sistemalar harakatining differentsial tenglamalarini tuzish qoidalarini ifodalab bergan. Sayyoralarning o’z orbitasidan chetga chiqishi nazariyasini asoslagan. Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, qatorlar nazariyasi, algebraga oid. D’alamber dunyoqarashiga dualizm xos. D’alamber falsa – Fada sensualizm mavqeida turib, moddiy olamdagi predmet va hodisalarning ob’yektiv mavjudligini va ularning sababiy bog’liqligini e’tirof etgan.