DALMASIYA
DALMASIYA — Xorvatiyadagi tarixiy viloyat, qad aholisi — dalmatlar (nomi shundan) va boshqalar 6-7-asrlarda slavyanlar kelib o’rnashgan. 9-asrda Xorvat davlati, 12-asr boshlarida Vengriya tarkibiga kirgan. 12-15-asrlar boshida o’rta asr shahar kommunalari (Zadar, Split, Dubrovnik, Kotor va boshqalar) gullab yashnagan. 1420-1797 yillarda Dalmasiya (Dubrovnikdan boshqa) Venetsiya qo’l ostida bo’lgan (16- asrda Dalmasiyaning ichki viloyatlari Turkiya tasarrufiga o’tgan), 1797-1918 yillarda Avstriya tarkibida (1805-13 yillarda Frantsiya qo’l ostida, 1809-13 yillarda Illiriya provintsiyalari tarkibida). 1918 yildan Dalmasiya (Zadar va Italiya tomonidan eg’allangan ba’zi orollardan tashkari) serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) tarkibida. 1941 yil fashist bosqinchilari tomonidan tashkil qilingan qo’g’irchoq «Mustaqil Xorvatiya davlati» tarkibiga kiritilgan. 1945 yildan Dalmasiya Chernogoriya (Janubiy qismi) va Xorvatiya tarkibida.