DALOILXONA
DALOILXONA (Arab, Daloil — dalillar) — O’rta Osiyoning yirik shaharlaridagi diniy maktab. Daloilxonaga savodi chiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab (taxminan 1-2 oy) bolalarga Qur’onning ayrim sura va oyatlari, so’ngra asosiy kitob — «Daloil ulxayrot» yodlatilgan. Daloilxonada o’qish muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli talabalar kitobni 2-3 oy davomida yod olganlar. Uni tugatganlarning ayrimlari Islom dinining targ’ibotchisi bo’lishgan.