DALTON (DALTON) JON

DALTON (DALTON) JON (1766.6.9, Iglsfild, Angliya — 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining a’zosi (1822 yildan), Dalton gazlar xossalarini o’rganib, gazlarning parsial bosimi qonunini (1801), gazlarning eruvchanligi parsial bosimiga bog’likligini (1803), kimyoning asosiy qonunlaridan biri — karrali nisbatlar qonunini (1803) aniqlagan. Dalton kimyoviy elementlarning birinchi nisbiy atom molekulalari jadvalini tuzgan (1803), meteorologiya masalalari bilan ham shug’ullangan. 1794 yilda ilk bor ko’rish nuqsoni — rang ajrata olmaslik (daltonizm) haqida yozgan.