Dalvarzin qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Dalvarzin qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Qo’rg’ontepa rayonida, Toshkent oblasti, Bekobod rayonida va respublikaning boshqa joylarida ham toponim sifatida uchraydi. Dalvarzin tepa qishlog’idan topilgan xarobalarning ko’rsatishicha bu yerlarda eramizdan oldingi II asrning boshlarida hayot qaynagan. Bu xarobalar so’nggi bronza davriga mansub turar joylar bo’lgan. Shunday ekan toponimning o’zi ham juda qadimiydir. Nom ikki qismdan iborat bo’lib, dal (tali) “balandlik, tepalik” var so’g’dcha “qo’rg’on, qal’a” demak. Dalvarzin – “tepadagi, yuqoridagi qo’rg’on”.

Fikr bildirish