DAMDINSUREN TSENDIYN

DAMDINSUREN TSENDIYN (1908.14.9, Sharqiy aymoq — 1986) — mongol yozuvchisi, jamoat arbobi, olim. Mongoliya Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1961). Mongoliya Yozuvchilar uyushmasining raisi (1953-58). «Rad etilgan qiz» qissasi (1929) mongol nasrida birinchi yirik asar bo’lib, unda mongol xotin-qizlarining 20-asr boshlaridagi og’ir taqdiri haqida hikoya qilinadi. «Mening sochlari oqargan onaginam» (1934), «G’alati to’y» (1966) kabi asarlar muallifi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy ishlari bor.