DAMKO’L

DAMKO’L — Markaziy Farg’onaning shimoliy qismidagi botqoqlik. G’arbdan sharqqa 20 kilometrgacha, shimoldan Janubga 6— 8 kilometrga cho’zilgan. So’x-Shohimardon sug’orish sistemalarining tashlandiq suvlaridan hosil bo’lgan. Allyuvial yotqiziqlardan loy, qum ko’p. O’tloqi botqoq, o’tloqi va torfli tuproqlar tarqalgan. Damko’lda qiyoq o’sib yotadi. Botqoqlik quritilib sholi, poliz ekinlari, paxta ekilmoqda.