DAMODAR

DAMODAR — Hindistondagi daryo. Uzunligi 580 kilometr, havzasining maydoni 20 ming kilometr kvadratdan ortiq. Chxota-Nagpur platosidan boshlanib, Hindgang tekisligining Sharqiy qismidan oqadi, Gang daryosi deltasida uning tarmog’i — Xugli daryosiga quyiladi. Yoz va kuz oylarida to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi 330 metr kub/sekund. Quyi oqimida kema qatnaydi. Damodar havzasida GES, suv omborlari, sug’orish kanallari qurilgan. Damodar vodiysi Hindistonning muhim industriyalashgan (issiqlik elektr stansiyalari, ko’mir qazib olish, metallurgiya, mashinasozlik) rayonlaridan biri.