DAMOVAND
DAMOVAND — Elburs tog’laridagi o’chgan vulkan. Balandligi 5604 metr (Erondagi eng baland cho’qqi). Damovand yon bag’irlaridan issiq gaz, shifobaxsh balchiq va oltingugurtli buloqlar chiqib yotadi. Cho’qqisida uncha katta bo’lmagan muzliklar bor.