Darg’abog’i qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Darg’abog’i qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Qorako’l rayonida. Darg’a mo’g’ulcha “boshliq, qo’mondon” degan ma’noni bildiradi. Darg’abog’i “qo’mondonga, boshliqqa qarashli yer” demakdir. Xiva xonligida darg’a amaldorlarga unvon sifatida berilgan, “Kema boshlig’i” darg’a deb yuritiladi. O’zbeklarning darg’ali urug’i ham bor. Xorazm oblasti Gurlan rayonidagi Darg’ajam toponimi ham shu so’z bilan aloqador.

Fikr bildirish