Darrandachilik

Darrandachilik – chorvachilik tarmog`i, qimmatbaho mo`yna va pant (bug`u shoxidan olinadigan modda) uchun mo`ynali hamda tuyoqli hayvonlar urchitish bilan shug`ullanadi. Mo`yna olish uchun qora-kumush rang tulki, havo rang qutb tulkisi, amerika norkasi, nutriya, sobol boqiladi. Ukraina, Sibir, Uzoq Sharqda rivojlangan. Bug`uchilik Oltoy, Primoreda, Krasnoyarsk o`lkasi va Qozog`istonda taraqqiy etgan.