DARVOZAXONA

DARVOZAXONA, dalon — mahobatli qal’aband inshootlarda, uyjoy me’morligida ko’cha (tashqari) ni hovli bilan bog’lovchi usti berk maxsus xona. Yon tomonlarida supacha yoki oxurlar bo’lishi mumkin. Qadimda shahar va qal’a devorlariga uyg’unlashtirib qurilgan. Unda soqchi, darvozabon va boshqalar uchun maxsus xonalar va atrofii kuzatish uchun minoralar qurilgan. O’rta asr shahar Darvozaxonasi tashqarisida karvonsaroy, bozor va hammomlar joylashgan. Jamoat binolari (madrasa, masjid va boshqalar) da Darvozaxona peshtoqli, miyonsaroyln qilib qurilgan. Qishloq qo’rg’onlari Darvozaxonasi oldida ko’pincha hovuz, quduq, chorbog’lar bo’lgan.