Darxon qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Darxon qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Andijon rayonida; Toshkent oblastining Kalinin rayonida, Yuqori Chirchiqda; Samarqand oblastining Norpoy rayonida uchraydi. Bu so’z ko’pgina toponimlar tarkibida ham mavjud. Masalan, Ozoddarxon, Naymandarxon, Po’latdarxon (Samarqand oblastida), Tarxonariq, Juyi Tarxon (Toshkent shahri) va hokazolar. Darxon yoki Tarxon so’zi turk-mo’g’ul tillariga mansub bolib, bir qancha ma’noni ifodalaydi: a) mansab nomi; b) soliq va to’lovlardan ozod qilingan kishi; v) tabarruk, daxlsiz mulk; g) hozirgi mo’g’ul tilida temirchi kabilar. Tarxonlik XV asrda juda rivojlangan. Undan feodallarga imtiyoz berishning bir yo’li sifatida qaraganlar. Tarxonlar qo’lida katta hokimiya va yirik yer-suvlar bo’lgan. Bu joylar tarxon nomi bilan yuritilgan. Tarxon so’zi bilan aloqador bo’lgan toponimlarning areali juda keng bo’lib, mamlakatimizning boshqa joylarida ham, masalan, Penza oblastida Tarxon qishlog’i, Moskva oblastida Tarxon botqoqligi, Volganing o’ng irmog’i Tarxanka, Mordva ASSRda Tarxanka qishlog’i va boshqalar.

Fikr bildirish