Daryolar qanday paydo bo’lgan?

Yer yuzida son-sanoqsiz daryolar bor. Kichik irmoqlar va ariqlar o’zaro qo’shilib, katta daryolarni hosil qiladi. Ular o’z navbatida dengizlar va okeanlarga quyiladi. Ayrimlari, masalan, Amudaryo, Sirdaryo va Volga daryolari ichki dengizlar yoki ko’llarga quyiladi. Boshqa birlari esa qurg’oqchil mintaqalardan oqib o’tish jarayonida, tobora kichrayib boradi. Axiyri, yerga singib, bug’lanib, yo’q bo’lib ketadi. Daryolar yog’ingarchiliklardan, eriyotgan qor va muzliklardan, buloqlar va tog’ ko’llaridan suv oladi. Katta daryolar ko’plab irmoqlar va nisbatan kichik daryolardan tashkil topadi. Hatto Amerikaning ulkan daryolari bo’lmish Ohayo va Missuri ham aslida suvi ko’p Missisipining irmoqlaridir. O’z navbatida ularning har biri kichikroq irmoqlardan suv oladi. Demak, ulkan Missisipi Daryo tizimi minglab daryolar, irmoqlar, ariqlar va jilg’alardan tarkib topgan. Suvlari u yoki bu daryoga quyiladigan quruqlik qismi daryo basseyni deb ataladi. Janubiy Amerikaning Amazonka daryosi basseyni dunyodagi eng katta daryo basseyni hisoblanadi va uning hududi 7 050 000 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Dunyodagi eng uzun daryo Afrika qit’asidagi Nildir. Uning uzunligi — 6 670 km. Daryolar yerlarni sug’oribgina qolmasdan, buzadi ham, yil sayin yergi yuvib, okeanlarga oqizib ketadi. Bu jarayon juda sekin kechadi, ammo ming yillar davomida ko’zga ko’rinib holadi. Bunga Amerikaning Kolorado daryosi hosil qilgan Grand-Kanonni misol qilib keltirish mumkin. Bu misolimizda daryoning nafaqat yerga, qolaversa, qoyalarni ham yemirib ketishi yaqqol ko’zga tashlanadi.