DASTKARD
DASTKARD, Dastkart (paxlaviycha; Armancha — dastakert) — Parfiya davlati, Sosoniylar Eroni va Armanistonda (taxminan 5-asrgacha) xususiy yoki podshoga qarashli bo’lib qullar tomonidan ishlov beriladigan yer-mulk. Dastkar deb qo’l mehnati bilan ishlov berilgan alohida yer uchastkasi ham atalgan; paxlaviy manbalarida Dastkar qishloqlar (deh), ya’ni qishloq jamoalaridan, arman manbalarida esa qishloq jamoalari (Shen) dan alohida qayd etib o’tilgan. O’rta Osiyoda Dastkarga mehnat faoliyati jihatidan Posira to’g’ri keladi.