DAULETOV ABATBAY
DAULETOV ABATBAY (1942.20.9, Kegeyli tumani Xalqobod qishlog’i) — qoraqalpoq tilshunosi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1992), professor (1992), filologiya fanlari Doktori (1994). Qoraqalpog’iston davlat pedagogika institutini tugatgan (1964). Qoraqalpog’iston davlat universitetida kafedra mudiri (1978 — 85; 1996 yildan), dekan (1985-96). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiy tili fonetikasi masalalariga bag’ishlangan («Qoraqalpoq tilida vokalizm», 1976; «Qoraqalpoq tilida singarmonizm», 1993 va boshqalar). Dauletov oliy o’quv yurtlari hamda o’rta maktab o’quvchilari uchun qoraqalpoq tiliga oid dareliklar muallifi. «Qoraqalpoq tilining imlo lug’ati» (1986) ni tuzishda qatnashgan.