DAVIDOV PYOTR SEMENOVICH
DAVIDOV PYOTR SEMENOVICH (1900.5.5— 1963.30.3, Toshkent) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1950). 1918-24 yillar Samara, 1924-37 yillar Chelyabinsk, Irkutsk, Ashxobod va boshqa shahar teatrlarida, 1937 yildan Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Dikoy («Momaqaldiroq»), Karenin («Anna Karenina»), Maxmudov («Sotqinlar»), Azizboy («Sharq tongi»), shahar hokimi («Revizor»), Rahimjon («shohi so’zana») va boshqalar. Ijroda yuksak madaniyat, mahorat, ishonarli talqin Davidov ijodiga xos.