DAVLAT IMMUNITETI

DAVLAT IMMUNITETI (daxlsizligi) — davlatning xorijiy yurisdiktsiya (sudlov ishlarini olib borish huquqi) dan daxlsizligi, xalqaro huquq qoidalaridan biri. Unga ko’ra, davlat va uning organlariga xorijiy davlat sudida da’vo qo’zg’atilishi, davlat mulki hisobidan to’lov undirilishi, mulki xatlab qo’yilishi mumkin emas.