DAVLAT MUDOFAA QUDRATI

DAVLAT MUDOFAA QUDRATI — davlatning agressiyadan himoyalanishga tayyorgarlik darajasi. Davlat mudofaa qudrati davlatning moddiy va ma‘naviy imkoniyatlari bilan uning agressiyani qaytarish, milliy manfaatlarni, birinchi navbatda o’z mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat birligi va boshqalarni himoya qilish uchun safarbar qilishga qodir bo’lgan davlat resurslari bilan belgilanadi. Davlat mudofaa qudrati darajasining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar: quroli kuchlar va mudofaa-sanoat kompleksi holati; boshqaruv samaradorligi (davlat va harbiy boshqaruv); Mamlakat hududi va mumkin bo’lgan harbiy harakatlar teatrini tezkorlik bilan jihozlash; fuqaro mudofaasi ahvoli; jamiyatning axloqiy-ruhiy holati; tayyorlangan zaxiralarning mavjudligi va shu kabilar. Davlat mudofaa qudrati talab darajasida qo’llab-quvvatlash, davlatning shu maqsadda maxsus siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning to’liq tizimini amalga oshirilishini tashkil etuvchi eng muhim vazifalaridan biridir. Xalqaro huquq, shun., davlatning ichki me‘yoriy hujjatlari kompleksi: konstitutsiya, amaldagi qonunchilik, harbiy doktrina va boshqalar ko’rsatilgan chora-tadbirlarni tinchlik paytida amalga oshirish va davlatni urush vaqtida himoya qilish uchun huquqiy asos bo’lib hisoblanadi.