DAVLAT NAZORATI

DAVLAT NAZORATI — davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta‘minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n-yillikda ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish yuritadigan nazorat instansiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob palatasi), ma‘muriy yustitsiya organlarining soni va roli o’sdi. Barcha davlatlarda moliya vazirligi keng nazorat huquqiga ega. Hozirgi kunda har bir mamlakatlarda o’z Davlat nazorati tizimi shakllangan. Masalan, AQSHda Davlat nazoratini Prezident, ijro etuvchi apparatiga kiruvchi organlar, AQSH kongressining qo’mita va komissiyalari amalga oshiradi, konstitutsiyaviy nazorat AQSH Oliy sudi zimmasiga yuklangan, nazoratchi boshchilik qiluvchi hisobdorlik bosh boshqarmasi moliyaviy nazoratning maxsus idoralararo nazorat vazifasi ko‗pgina tarmoqli idoralar: MRB, FTB, Mudofaa vazirligi va boshqalar zimmasiga yuklangan.