DAVLAT REZERVLARI

DAVLAT REZERVLARI, davlat zaxiralari — davlat tomonidan mudofaa va ehtiyot maqsadlarida yaratiladigan eng muhim turdagi xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, ayrim turdagi mashina va jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari. Davlat rezervlari maxsus markazlashtirilgan davlat fondi bo’lib, qat’iy rejaga muvofiq tiklanadi va to’ldirib turiladi. Davlat rezervlari favqulodda hollarda faqat hukumatning maxsus qarori va farmoyishi bilan sarflanadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina o’z Davlat rezervlarini barpo etdi.