DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI

DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI (GPU) — sho’rolar davlati xavfsizligini muhofaza qilish maqsadida 1922-yilda Butun Rossiya favqulodda komissiyasi (VCHK) o’rniga tuzilgan. 1923-yildan Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) deb ataladi. Bu organ sobiq Ittifoqda, jumladan O’zbekistonda siyosiy qatag’onlar uyushtirgan.