DE RADA (DE RADA) IERONIM
DE RADA (DE RADA) IERONIM (1814.29.11 — Makkya-Albanese, Kozentsa, Italiya — 1903.28.2) — alban shoiri, olim, siyosiy arbob. Alban romantizmining asoschisi. 1848-49 yillardagi italyan xalqining milliy ozodlik harakatida qatnashgan. «Milosao qo’shiqlari» (1836), «Albancha qo’shiq» (1866), «baxtsiz Skandarbeg» (1886) dostonlarida alban xalqining mustaqillik uchun kurashini kuylagan. Bundan tashqari, «Alban tili grammatikasi», «qadimiy alban tili», «Alban tilining o’ziga xos xususiyatlari» kabi ilmiy asarlari bor.