DEGERES QO’YI
DEGERES QO’YI — yarim mayin, uzun junli go’shtdor-jundor qo’y zoti. Olmaota viloyati (Qozog’iston)dagi «Degeres» ot zavodida Shropshir, perekos zotlari qo’chqorlarini dumbali jaydari sovliqlar bilan chatishtirib etishtirilgan (akademik V. A. Balmont, T. B. Bokenbaev, M. A. Aletov, A. V. Chelodnov). 1980 yildan zot tariqasida tasdiqlangan. Degeres qo’yi yirik, mutanosib jussa tuzilishiga ega zot. Dumbasi va bir xil yarim mayin juni bilan ajralib turadi. Cho’l va chala cho’l ikdimiga yaxshi moslashgan. Serpushtligi 92 — 120%. Qo’chqorlarining vazni 90-110 (ayrimlari 135 kilogramm), sovliqlariniki 58— 65 kilogramm. Sovliqlaridan 3-3,5 kilogramm, qo’chqorlaridan 6,5—7 kilogramm jun qirqib olinadi. Bulardan 58-65% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun (qo’chqorlariniki 14— 16 santimetr, sovliqlariniki 9-11 santimetr), sifati va yigirilish xususiyati a’lo darajada. 1959 yildan Degeres qo’yi O’zbekistonga keltirilgan. Go’sht-yog’ yo’nalishidagi dumbali mahalliy jaydari qo’ylar bilan chatishtirilgan, lekin tajribalar kutilgan natijalarni bermadi. Degeres qo’yi qo’chqorlaridan dumbali qo’y zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.