DEGIDRATLANISH
DEGIDRATLANISH (de… va gidratlanish) — anorganik yoki organik moddalardan suv ajralishi. 1) kimyoda — Degidratlanish termik jarayonda ko’pincha katalizatorlar (kontsentrlangan sulfat, fosfat kislotalar, alyuminiy-oksid va boshqalar) ishtirokida sodir bo’ladi. Efirlar, kislota angidridlari, olefinlar va boshqa moddalar olishda qo’llaniladi; 2) geologiyada — Degidratlanish yer po’stida keng tarqalgan jarayon bo’lib, foydali qazilmalarning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega. Masalan, opal mineralining suvsizlanishidan xaltsedon va kvars minerallari hosil bo’ladi. Ular xalq xo’jaligida keng qo’llaniladi. Organizmda ham Degidratlanish jarayoni bo’lib turadi, ular fermentlar ishtirokida ro’y beradi.