DEKLARATSIYA

DEKLARATSIYA (lot. declaratio – ma‘lum qilaman, e‘lon qilaman) — 1) bir yoki bir necha hukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum e‘tiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda e‘lon etish (masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, O’zbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq to’lovchining daromadlar xususiyati va miqdori to’g’risida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan o’tuvchi shaxs o’zida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h.k. borligi va ular miqdori to’g’risida bojxonaga topshiradigan ma‘lumot.