DEMILITARIZATSIYA

DEMILITARIZATSIYA (de… va lot. militaris – harbiy) — xalqaro huquqda biror xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yo’qotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash. To’la Demilitarizatsiya (Antarktida, Aland arxipelagi, osmon jismlari, shu jumladan Oy va boshqalaar) va qisman Demilitarizatsiya (masalan, yadrosiz zonalar tashkil etish) farq qilinadi. «Demilitarizatsiya» atamasi ba‘zida birmuncha keng ma‘noda ishlatiladi (masalan, iqtisodiyotni Demilitarizatsiyalash).