DEMOKRATIK TRANZIT

DEMOKRATIK TRANZIT — avtoritar siyosiy tizim doirasida demokratiyaga o’tishdir. Bunda avtoritar siyosiy tartibotlar demokratiyaga o’tishning bir qator muhim omilariga va institutlariga ega bo’ladilar. Jumladan, avtoritarizmda iqtisod bozor munosabatlariga asoslangan, mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’ladi, ular siyosat tomonidan emas, o’z qonuniyatlari bilan boshqarilali, Ularni faqat demokratik tamoyillar asosida qayta qurish talab etiladi, holos. Ijtimoiy munosabatlar sohasida ham jamiyatdagi qatlamlar, guruhlar tizimi shakllanib bo’lgan va har birining manfaati saralanib bo’lgani holda (shu manfaatlar bosimi ostida) ular o’rtasidagi munosabatlar, ta‘sir tamoyillarini demokratik izga solish zarur bo’ladi.