DENGIZ AVIATSIYASI

DENGIZ AVIATSIYASI – harbiy-dengiz kuchlarining tarkibiy qismi. Dengiz aviatsiyasi dengizda mustaqil yoki suv osti kemalari bilan birga urush xarakatlarini o’tkazish, dengiz qirg’oqlaridagi ob’yektlarga, qo’shinlarga hujum qilish yoki yordam berish kabi vazifalarni bajaradi. Dengizdagi bazalarga, qirg’oq inshootlaridagi kema va transport vositalariga, suv osti kemalariga zarba berish bilan birga razvedka ishlarini ham bajaradi. Dengiz aviatsiyasi raketa eltuvchi Dengiz aviatsiyasi, qiruvchi, bombardimonchi, minali-torpedali, razvedka qayiqlariga qarshi va ko’maklashuvchi (transport, sanitariya, aloqa va hokazolar) xillarga bo’linadi. Dastlab 1-jahon urushida dozorlik va razvedka maqsadida foydalanilgan. 2-jahon urushida harbiy-dengiz flotining asosiy kuchlaridan biri bo’lib qoldi. Dengiz aviatsiyasi dushman orqa tomonidagi ob’yektlarga zarba berishda, dengiz bo’yida o’tkaziladigan janglarda va boshqa vazifalarni bajarishda muhim rol o’ynaydi.