Dengizchi Papay nega ismaloq yeydi?

1870-yilda nemis olimi Erix von Volf sabzavotlardagi temir miqdorini oʻlchash bilan mashgʻul edi. U daftaridan maʼlumotlarni koʻchirib olayotganda adashib vergulni notoʻgʻri qoʻyib qoʻyadi — 100 gramm ismaloq tarkibida 3,5 mg emas, balki 35 mg temir bor deb yozadi. Bir gazeta ushbu maʼlumotlarga asoslanib bu haqida maqola chop etadi va ismaloq “super ovqat” degan maqomni oladi.

1929-yilda “Dengizchi Papay” multfilmining mualliflari ham ismaloqni qahramonning sevimli yeguligi sifatida aks ettiradi.

1937-yilda Volfning maʼlumotlari qayta tekshirilib, xato toʻgʻrilanishiga qaramay, ismaloq hozirgacha temirga oʻta boy oʻsimlik sifatida mashhur.

Fikr bildirish