DEPORT
DEPORT (Fransuzcha deport) — birjada qimmatli qog’ozlar narxini pasaytirish yo’li bilan foyda olishni ko’zlab ish yuritadigan olib-sotarlar tomonidan ma’lum muddatga tuziladigan bitim. Uning aksi — report. Bunday shaxslar, masalan, aktsiya savdosida aktsiyalarni ma’lum bir muddatdan keyin kelishilgan narxlarda sotish haqida bitim tuzib, shu muddatga qadar aktsiyalarni arzonroq narxlarda sotib olishni mo’ljallaydi. Muddat o’tgach, aktsiyalar narxi oshgan taqdirda bitim tuzgan tomon aktsiyalarni yuqori narxda sotib, kurs farqidan foyda kuradi.