DEPOZITARIY

DEPOZITARIY – 1) depozitlar ishonib topshirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Depozitariy fond bozoridagi kimmatli qog’ozlar (aktsiya, veksel, sertifikat va boshqalar) ni joylashtirish, saklash va hisobga olish, muomala harakatlarini qayd etish bilan bog’liq ishlarni amalga oshiriladi (aktsiyadorlik jamiyatlariga, brokerlik idoralariga, investitsiya fondlari va boshqalarga xizmat ko’rsatadi). O’zbekistonda birinchi Depozitariy ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi «vaqt» milliy depozitariysi 1994 yil 8 iyunda tashkil qilingan. 2001 yilda Toshkent shahri va viloyatlarda 19 Depozitariy ishladi; 2) xalqaro shartnomaning asl (haqiqiy) matnini saqlayotgan davlat yoki xalqaro tashkilot.