DEPUTAT SO’ROVI

DEPUTAT SO’ROVI (interpellyasiya) — parlament deputatining hukumatdan yoki ayrim vazirdan hukumatning umumiy siyosati masalalari bo’yicha yoki muayyan tadbirlar bo’yicha rasmiy tushuntirishni talab qilish huquqi. O’zbekistan Respublikasida barcha tizimdagi deputatlar tegishli organlarga va mansabdor shaxslarga so’rov bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Bu huquq O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida»gi qonunida belgilab qo’yilgan.Unga ko’ra, Deputat so’rovi sessiyada davlat organlari yoxud mansabdor shaxslarga ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki o’z nuqtai nazarini bayon qilib berish haqida qo’yilgan talabdir.