DESSAU

DESSAU — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Aholisi 96 ming kishi chamasida (1990-yillar o’rtalari). Milda daryosining Elbaga quyilish yeriga yaqin joydagi port. Transport yo’llari tutuni. Sanoatining asosiy tarmog’i — mashinasozlik: tsement va konchilik sanoati uchun jihozlar, vagon-muzlatgichlar, dare kemasozligi. Elektrotexnika, priborsozlik, kimyo, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, kartinalar galereyasi bor. Shahar 1944-45 yillarda vayron bo’lgan, urushdan so’ng qayta tiklangan. Me’moriy yodgorliklardan gersoglar saroyi (1530-1588) va boshqalar saqlangan.