DEVIZLAR

DEVIZLAR (Fransuzcha devises) — xorijiy banklarga joylashtirilgan va chet elda xorijiy valyutada to’lanishi lozim bo’lgan veksel, o’tkazma, chek, akkreditivlar ko’rinishidagi xalqaro to’lov vositalari. Keng ma’noda (aksariyat qo’llaniladigani ham) chet el valyutasida ifodalangan jami to’lov vositalari, ya’ni ham to’lov va kredit hujjatlarini, ham chet el valyutasi (banknotalar, qog’oz pul belgilari va tangalar) ni ifodalaydi.