DEVONA BUVA MAQBARASI

DEVONA BUVA MAQBARASI – Namangandagi me’moriy yodgorlik (18-asr). Maqbara murabba tarxli (18,8×18,8 metr), shahar tashqarisida joylashgan. Atrofi sinchli devor bilan o’ralgan. Ziyoratxonahazira, go’rxona va ayvondan iborat. Shimol va G’arb tomondan sinchli devor bilan o’ralgan ayvon Janubga qaragan. Haziraga ayvon orqali kiriladi. Kiraverishda ikki tomonga supa ishlangan. Ziyoratxona (10,6×8,6 metr) peshtoqgumbazli, to’rt tomonida eshik o’rni bo’lib, kiraverishdagi yog’och panjaradan xona ichidagi sag’ana ko’rinib turadi. Sag’ana pishiq g’ishtdan qurilgan. Ziyoratxonaning gumbazi yulduzsimon asosga o’rnatilgan. Poygumbazidagi tuynuklar orqali xonaga yorug’lik tushadi. Xona ichi ganch suvoq qilingan. Peshtoqi namoyonlarga ajratilgan, qanosi ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Eshigi yog’och o’ymakorligida ishlangan.