DIAPAZON

DIAPAZON [Yunoncha dia pason (chordon) — barcha (torlar) bo’ylab] — 1) musiqada — soz, xonanda ovozi yoki har bir kuy, qo’shiq, umuman barcha musiqa asarlarining eng pastki va eng yuqori tovushlari oralig’i, muayyan tovushqator hajmi. O’zbek ommabop kuy va qo’shiqlari, do’mbira, cho’pon nayi kabi musiqa cholg’ulari Diapazoni qisqa (ixcham); maqom, mumtoz cholg’u va ashula yo’llari, gijjak, rubob, tanbur kabi sozlarniki keng; 2) Ko’chma ma’noda — biror narsaning ko’lami; iste’dod, bilim, ta’limot, tafakkur, faoliyat darajasi, qamrovi ko’rsatkichi.