DIMETILGIDRAZIN
DIMETILGIDRAZIN, C2H8N2 -o’tkir hidli, rangsiz tiniq suyuqlik. Molekulyar modda 60,10. Ikkita izomeri ma’lum: simmetrik Dimetilgidrazin — CH, NH — NHCH, va asimmetrik Dimetilgidrazin (CH,)2N—NHr amaliy ahamiyatlisi — asimmetrik Dimetilgidrazin suyuqlanish temperaturasi -57,2°, qaynash temperaturasi 63°, zichligi 791,1 kg/m3, gigroskopik, kuchli asos. Suv va organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Havoda sekin oksidlanadi, 270° da o’z-o’zidan alangalanadi; juda zaharli. Dimetilgidrazin dimetilaminni kislotali muhitda ishqoriy metallar nitritlari bilan nitrolab, xreil bo’lgan dimetilnitrozoaminni palladiy yoki platina katalizatorligida vodorod bilan qaytarib yoki dimetilaminga ishqor ishtirokida monoxloramin ta’sir ettirib olinadi. Asimmetrik Dimetilgidrazin raketa yoqilg’ilari komponenta sifatida qo’llaniladi. Simmetrik Dimetilgidrazinning qaynash temperaturasi 81°, zichligi 827,4 kg/m3. Gidrazinni asillab, hosil bo’lgan diasil-gidrazidni dimetilsulfat bilan metillab olinadi.