DIMO NIKOLAY ALEKSANDROVICH

DIMO NIKOLAY ALEKSANDROVICH (1873.30.11, Orgeev – 1959.15.3, Kishinyov) — tuproqshunos olim, Vasxnil akademik (1948), Moldaviyada xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1946). Novoaleksandriya qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik institutini tugatgan (1902). Sagu (hozirgi O’zbekiston milliy universiteti) va Kishinyov universitetini tashkil etishda qatnashgan; O’rta Osiyo tuproqshunoslik va geobotanika ilmiy tadqiqot institutiga (1920-31), Moldaviya Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik institutiga rahbarlik qilgan (1957-59). 1945 yildan Kishinyov universiteti professor, tuproqshunoslik kafedrasi mudiri. Dimoning ilmiy ishlari tuproq geogogiyasi, ularning sho’rlanishi, biologiyasi, fizikasiga; Rossiya Yevropa qismi Markaziy hududlari, O’rta Osiyo, Zakavkaze va Moldaviya tuproq melioratsiyasini o’rganishga bag’ishlangan. Dimo rahbarligida Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi tuproq qoplami tadqiq etildi, O’rta Osiyoning dastlabki tuproq xaritasi tuzildi.