DIN
DIN (arab. e‘tiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, g’ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan ta‘limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Dinning paydo bo’lishi haqida yagona fikr yo’q. Islom dini ta‘limotiga ko’ra, Din – Alloh tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga to’g’ri, haqiqiy hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta‘limotdir.