DINAMOGRAF
DINAMOGRAF (Yunoncha dynamis — kuch va … graf) — 1) mashina va mexanizmlar detallariga ta’sir etayotgan kuchning ma’lum vaqt ichida o’zgarishini qog’oz tasmaga chiziq (nuqta) ko’rinishida qayd qiladigan asbob. Dinamograf dinamometr va qayd qiluvchi moslamadan iborat. Prujinali, gidravlik va elektr Dinamograflar bo’ladi. Kuch qiymati planimer bilan aniqlanadi. Dinamograf mashina va mexanizmlar ishini, neft quduqlaridan neft so’rib oladigan nasoslarning ishini nazorat qilish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi; 2) dengizlarda suv to’lqinining qirg’oqdagi inshootlarga va qirg’oqqa urilish kuchini o’lchaydigan asbob.