DIOD
DIOD (du… va (elektr)od) — ikki elektrodli elektron lampa. Bir tomonlama o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuum va yarimo’tkazgich Diodlar bo’ladi. Vakuum Diod anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa, elektronlar oqimi anodga qarab yo’naladi va anod toki hosil bo’ladi. Katod bilan anod orasidagi potentsiallar farqi kichik bo’lsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi. Bunday hodisa to’yinmagan rejim deb ataladi. Potentsiallar farqi katta bo’lganda Diod to’yingan rejimda ishlaydi. Bunda elektronlar harakati deyarli sezilmaydi. Yarimo’tkazgich Diodda ikki xil o’tkazgich chegarasida hosil bo’lgan potentsial to’siq tokni faqat bir yo’nalishda o’tkazadi. Diod tokni to’g’rilash, tokni chegaralash va, chastotani o’zgartirish uchun elektr apparatlar va radioapparatlarda qo’llaniladi.