DIODOT
DIODOT (Diodotos) (? — miloddan avvalgi 230) — Yunon-Baqtriya podsholigi asoschisi. Miloddan avvalgi 3-asr o’rtalarigacha Antiox II ning Baqtriyadagi noibi bo’lgan. Salavkiylarning O’rta Osiyodagi noibi. Miloddan avvalgi 250 yilda Baqtriyani mustaqil deb e’lon qilib, podshoh unvonini qabul qilgan (Diodot I) Diodot davrida saltanat hududiga So’g’diyona, Areyya, Marg’iyona va extimol Paropamisad viloyatlari ham kirgan. Diodot vafotidan so’ng o’g’li Diodot II taxtga o’tirgan.